Bismillhir Rhmnir Rhiym Allohdan gunohlarga istig'for aytishlik va yahshi amallar qilishlikka qaytishlik
|
||
Bu dunyoda har bir inson biron bir katta yoki
kichik gunoh ish qilib qo'ygan boladi. Inson zaifdir, shuning uchun
u shaytonning chaqiriqlariga bilib bilmay javob beradi. Lekin kimda
kim Allohga ikhlos bilan tavba qilarkan va o'zining o'tmish
gunohlariga istigfor qilarkan, Allohning Ozi hohlagan
bandalarining istigforlarini qabul qiladi va har qanday gunohlarni
kechib yuboradi. Chunki U Rahimdil va Mehribon Zotdir. U o'z
otmishlariga tavba qilgan kimsalarning gunohlarini kechib yuborishni
vada qildi. U Ozining Kitobida bandalariga qarata shunday deydi:
Ayting (Ey Mudammad) : Ey ozlariga (gunohlarni orttirib) qiyin qilib qoygan bandalarim. Allohning rahmatidan umidsiz bolmanglar. Alloh hamma gunohlarni kechirguvchidir. Shubhasiz, U gunohlarni Kechirguvchi wa Rahmli Zotdir [Az-Zumar 39:53] Bas, Alloh bir narsani va'da qilgan ekan, U O'zining vadasini bajarguvchidir. Yana Alloh shunday deydi:
(bilib bilmay qilgan shirk, kufr, fisq amallaridan ) tavba qilib, (Allohning yakkaligiga) iymon keltirgan, va solih amallar (Allohning O'zigagina ibodat qilish wa Payg'abargarga itoat qilish kabi amallari) qilganlar uchungina, Alloh ularning gunohlarini yahshi amallarga ozgartirib qoyadi, va Alloh gunohlarni mag'firat Qilguvchi wa Rahmli Zotdir. Va kimdakim tavba qilsaki va solih amallar qilsa, bas u Allohga haqiqiy tawba bilan kelguvchidir. [al-Furqan 25:70-71] Bu oyatda shuni ko'rib turibmizki, Alloh haqiqiy chin qalbdan tavba qilguvchilarning otmish gunohlari har qanchalik ogir bolsa ham, U ularni solih yahshi amallarga ozgartirib qo'yadi. Bu tavba qilishning Alloh tarafidan berilgan nematidir. Shaykhul Islom Ibn Taymiyya rahimahulloh bandaning otmish gunohlarining kechirilishining 10 bosqichi bor deganlar. Bular: 1. Tavba. Bu har bir musulmon tomonidan etirof aytib otilgan. Alloh Ozining Kitobida shunday deydi:
Ayting (Ey Mudammad) : Ey ozlariga (gunohlarni orttirib) qiyin qilib qoygan bandalarim. Allohning rahmatidan umidsiz bolmanglar. Alloh hamma gunohlarni kechirguvchidir. Shubhasiz, U gunohlarni Kechirguvchi wa Rahmli Zotdir [Az-Zumar 39:53] (wa Alloh Ta'alo boshqa oyatda:)
Ular Allohning bandalaridan tavbalarini va Sadaqotlarini qabul qiluvchiligini, va Allohning O'zigina (gunohlarni) kechirguvchi va tavbalarni qabul qilgubchi, Mehribon Zot ekanligini bilmaydilarmi? [Tawbah 9:104] (Alloh Ta'alo boshqa oyatda):
Va U Oz bandalaridan tavbalarini qabul qilguvchi va kechirguchchi zotdir. [Ash Shuaro 42:25] 2. Gunohlariga istigfor sorash. Sahihaynda (bundan murod, Sahih Bukhoriy wa Muslimda) rivoyat qilinishicha, Paygambarimiz Sallallohu alayhi wa sallam shunday deganlar: Biron kishi gunoh amal qilarkan va (Allohga qarata): Ey Robbim, men gunoh qilib qoydim, shuning uchun kechirgin meni., deb quo qilsa, Alloh Subhanahu wa Ta'alo: Mening bu bandam gunohlarini kechirishga wa jazolashga qodir Robbisidan habardor. Shuning uchun Men bandamning gunohlarini kechirdim [Buhoriy 6953; Muslim 4953] 3. Gunohlariga kaffora boluvchi (o'rnini bosuvchi) solih amallar qilish. Allah Subhanahu wa Ta'alo shunday deydi:
Va namozlaringizni barpo qilingiz (Iqamat-as-Salat), kunning ikki so'ngi qismida va kechaning bazi vaqtlarida (besh vaqtlik farz namozlari). Shubhasiz, solih amallar (kichik) yomon amallarni o'chirib tashlagavuchdir.. [Hud 11:114] Bundan tashqari, Paygarimiz sallallohu alayhi wa sallam shunday deganlar: Besh vaqt kunlik farz namozlari, Jumuah namozi va Ramazon (oyida tutilgan rozalar) ikkisini orasidagi yomon (gunoh) amallarni olib tashlaydi, agarki gunohi kabiralardan saqlansangiz. [Imom Muslim rivoyatlari, 344.] Davomli
|
||
Maktublaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni so'raymiz
Copyright 2004Robita |